Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kamgap» Devid Linch «Oskar»li bo‘ldi

«Kamgap» Devid Linch «Oskar»li bo‘ldi

Foto: «Kinopoisk»

Taniqli kinorejissyor Devid Linch «Oskar» faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Amerika kinoakademiyasi «Tvitter»da xabar berdi.

«Kamgap Devid Linch o‘zining «Oskar»ini oldi», — deyiladi xabarda.

Mukofotni qabul qilib olishda bittagina gapni aytgani uchun ham hazillashib Linchni kamgap deyishdi: «Sizning didingiz juda qiziq ekan».

Linchdan tashqari aktyor Ues Styudi va rejissyor Lina Vertimyuller ham shu mukofotga loyiq topildi. Ularning barchasi umrlari davomida kinosanoatga  qo‘shgan hissasi uchun taqdirlanishdi.

Ma’lumot uchun: Devid Linch Amerika mustaqil kinematografiyasi namoyandalaridan sanaladi. Eng mashhur ishlari: «Fil-odam», «Malholland Drayv» filmlari hamda «Tvin Piks» seriali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring