Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jerar Deparde O‘zbekistonda filmda suratga tushadi

Jerar Deparde O‘zbekistonda filmda suratga tushadi

Taniqli fransuz aktyori Jerar Deparde va “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi ishtirokchilari O‘zbekiston haqida hujjatli film olishmoqchi. Film Fransiyada ham, O‘zbekistonda ham namoyish etiladi.

Film mualliflarining fikriga ko‘ra, bosh qahramon Jerar Deparde butunlay yangi qiyofa orqali tomoshabinlarga O‘zbekistonga yangi nuqtai nazar taqdim etadi.

Kinokartina O‘zbekistonning eng g‘ayrioddiy va sirli joylari — Amudaryo bo‘yidagi noyob – OKS Iskandariyasi, Budda va Kushon yodgorliklari, masalan, Fayoztepa, Avliyo Doniyor va uch payg‘ambarning qabri va boshqalarda suratga olinishi rejalashtirishgan.

“Bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosati barchaga ma’lum. Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning islom dini ezgulik, tinchlik, bunyodkorlik va bag‘rikenglik dini ekanini dunyoga yetkazishda qilgan sa’y-harakatlari meni ta’sirlantirdi. Ushbu mamlakatga safarimni sabrsizlik bilan kutyapman”, degan Jerar Deparde.

Film “Paris Premiere” telekanali orqali 2020-yil fevral-mart oylarida namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring