Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniyada o‘zbek fotorassomining shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Ispaniyada o‘zbek fotorassomining shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Ispaniyaning Toledo shahrida o‘zbekistonlik fotorassom Husniddin Atoning «O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li markazida» nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi.

Kastiliya La Mancha universitetida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir ochilishida yurtimiz tarixi, madaniyati, an’analari haqida ma’lumot berildi.

Foto: «Xabar.uz»

Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi vakili Nabijon Quvondiqov, Kastiliya La Mancha universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Gomez Guadamiyaz, Ispaniya va O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Maragon va boshqalar so‘zga chiqdi. Qayd etilishicha, o‘zbek va ispan o‘lkalarining ko‘p asrlik aloqalari bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu borada esa madaniy-gumanitar hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada muallifning o‘zbek urf-odatlari, an’analari, san’ati va xalq turmush tarzi aks etgan ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma 28 oktyabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, san’at sohasida xalqaro ekspert va fotorassom Husniddin Ato mamlakatimiz va xorijda o‘tkazilgan ko‘plab ijodiy tanlovlarda sovrindor bo‘lgan, shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazgan. Xususan, joriy yil iyunda O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida ham ijodkorning fotoko‘rgazmasi tashkil etilgan.

S.Salim

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring