Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamza Hakimzoda Niyoziy chalgan pianino, Amiriy va Nodira to‘plamlari. Qo‘qondagi «Buyuk allomalar muzeyi»ga fotosayohat

Hamza Hakimzoda Niyoziy chalgan pianino, Amiriy va Nodira to‘plamlari. Qo‘qondagi «Buyuk allomalar muzeyi»ga fotosayohat

Foto:«Xabar.uz»

Qo‘qon shahrida joylashgan «Buyuk allomalar muzeyi» o‘ziga xos muhitga ega, o‘zbek xalqining mashhur tarixiy vakillari merosini o‘zida jamlagan maskan sanaladi. 

Ushbu muzey ikki qavatdan iborat. Birinchi qavatda o‘rta asrlar uyg‘onish davri, Temuriylar va xonliklar davrida yashagan allomalar, shoirlar va siyosiy arboblar meroslari ular haqida ma’lumotlar mavjud. 

Jumladan, 1883 yilda allomalarning harakati bilan Sankt-Peterburgda chop etilgan qadimiy kufiy yozuvi asosida  yozilgan Qur’oni Karimning Yosin surasi faksimilesi, usturlob (joyning geografik koordinatalarini, yuzduzlarning chiqish va botish paytini aniqlashda ishlatiladigan ko‘chma astronomik asbob), Yassaviy, Zamaxshariy, Amiriy, Uvaysiy, Nodira kabi alloma va ijodkorlari to‘plamlari shular jumlasidan. 

Ikkinchi qavatdan esa jadidlar merosi o‘rin olgan. Masalan  Hamza Hakimzoda Niyoziy chalgan pianino ham muzeyda mavjud. 

«Xabar.uz» muxbirlari ushbu muzeydan fotojamlanma tayyorladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring