Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Forbes» eng serdaromad qo‘shiqchi ayollarni aniqladi

«Forbes» eng serdaromad qo‘shiqchi ayollarni aniqladi

Foto: «TJ»

2019-yilda 185 million dollar ishlagan amerikalik xonanda Teylor Svift jahondagi eng serdaromad qo‘shiqchi ayolga aylandi. Xonandalarning daromadlari bo‘yicha reytingni «Forbes» jurnali tuzdi.

Svift o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda edi. «Reputation» turnesidan tushgan 226,1 mln. dollar uni bu yil yaqqol peshqadamga aylantirdi. Umuman, «Reputation» AQSh tarixidagi eng ko‘p pul keltirgan gastrol sifatida rasman tan olindi. Qolaversa, xonandaga yangi «Love» albomi va  «Republic Records» leybli bilan shartnoma ham yaxshi daromad keltirdi.

Ikkinchi o‘rinda — 81 mln. dollar ishlagan Beyonse. Uchinchi — Rianna (62 mln. dollar).

Musiqa sanoatining eng boy ayol xonandalari yetakchi o‘ntaligiga, shuningdek, Keti Perri, Pink, Ariana Grande, Jennifer Lopes, Ledi Gaga, Selin Dion hamda Shakira kirdi.

«Forbes» jurnali reytingni tuzishda san’atkorlarning 2018-yil iyunidan 2019-yil iyunigacha bo‘lgan daromadlari haqidagi ma’lumotlardan foydalangan.

TOP-10

  1. Teylor Svift — $185 mln.
  2. Beyonse — $81 mln.
  3. Rianna — $62 mln.
  4. Keti Perri — $57,5 mln.
  5. Pink — $57 mln.
  6. Ariana Grande — $48 mln.
  7. Jennifer Lopes — $43 mln.
  8. Ledi Gaga — $39,5 mln.
  9. Selin Dion — $37,5 mln.
  10. Shakira — $35 mln.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring