Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlanadi

Ertaga «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlanadi

Shu yilning 2-4 oktyabr kunlari «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, O‘zbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, Koreya Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahridagi Gyote instituti vakillari ham ko‘rgazma-yarmarka ishtirokchilari bo‘lishadi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi 30dan ortiq davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari ham mahsulotlarini namoyish etadilar.

Ko‘rgazma doirasida qiziqarli kitoblar taqdimotlari, mushoiralar, intelektual o‘yinlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy viktorinalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi «O‘zekspomarkaz» (Atrium)da bo‘lib o‘tadi. Kirish — bepul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring