Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoro 2020-yilda «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingan. Bu haqda bugun, 16-sentyabr kuni Qohira shahrida o‘tgan O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 9-raundida aytilgan.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Misr Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Hani Salim rahbarlik qilgan.

Hozirgi vaqtda geografik jihatdan uzoqligi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning mavjud salohiyati yetarlicha foydalanilmagan. Shu nuqtai nazardan, Hukumatlararo qo‘shma komissiya va O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishning muhim mexanizmi ekani aytilgan.

Eslatib o‘tish kerak, 2017-yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring