Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAAlik mutaxassislar o‘zbekistonliklarga ta’lim bo‘yicha trening o‘tmoqda

BAAlik mutaxassislar o‘zbekistonliklarga ta’lim bo‘yicha trening o‘tmoqda

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 17-19-oktyabr kunlari Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 17-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida seminar-trening tantanali ravishda ochildi. Tadbirni O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berdi.

BAA ta’lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining yetakchi professorlari tomonidan yurtimizda oliy ta’lim muassasalari vakillari uchun uch yo‘nalishda maxsus trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash, oliy ta’limda innovatsion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda mazkur sohaga oid ilg‘or tajribalar bilan tanishtirilib, zarur tavsiyalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring