Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi

Amerikalik taniqli aktyor vafot etdi

Foto: «Global Look Press»

Amerikalik aktyor Yafet Kotto 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda 16-mart kuni uning rafiqasi Tessi Sinaxon «Facebook»da ma’lum qildi.

«Ba’zi filmlaringizda yovuz kishilarning rolini ijro etdingiz, lekin men va ko‘pgina odamlar uchun siz haqiqiy qahramonga aylandingiz», — deb yozgan u.

Rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, Kotto 13-mart kuni hayotdan ko‘z yumgan. Sinaxon o‘limi sabablarini aytmagan.

Yafet Kotto 1939-yilda Nyu-Yorkda dunyoga kelgan. U 24 yoshida filmlarda rol o‘ynay boshlagan. 1973-yilda Yafet Bondning sakkizinchi — «Yashang va o‘lishga ber» filmida yovuz kishining rolini ijro etdi. Shuningdek, tomoshabinlar aktyorni «Begona», «Yugurayotgan odam» va «110-ko‘chaning narigi tomonida» filmlaridan tanishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring