Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor Mirza Azizov xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Aktyor Mirza Azizov xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Foto: Yoshlar media markazi matbuot xizmati

Bugun 12-fevral kuni Bishkek shahrida Xalqaro Aytmatov klubi tomonidan adabiyot va san’at yo‘nalishida samarali ijod qilgan ijodkorlarni  Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi. 

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

Marosimda turli davlatlardan kelgan yozuvchilar, rejissyor va aktyorlar ishtirok etdi.

Shuningdek, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat drama teatri rahbari  Mirza Azizov Chingiz Aytmatovning vatanparvarlik, tinchlik, tabiatga mehr uyg‘otish kabi g‘oyalar aks etgan asarlari asosida spektakllar sahnalashtirishda jonbozlik ko‘rsatgani uchun    Chingiz Aytmatov jamoatchilik akademiyasi vakillari tomonidan keng e’tirof etildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring