Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizga rossiyalik yana bir guruh tibbiyot xodimlari kelishdi

Yurtimizga rossiyalik yana bir guruh tibbiyot xodimlari kelishdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga ko‘mak berish maqsadida yurtimizga yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi. SSV xabariga ko‘ra, ular mamlakatimizning turli hududlarida COVID-19ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishadi.

Ushbu guruh Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg shifokorlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimlarini jam qilgan. Guruh rahbari – tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy.

Rossiyalik mutaxassislar mamlakatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishadi.

Bundan oldin ham Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassislari yurtimizda bir oy davomida bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring