Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 6 mingdan oshdi

Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 6 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy  viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog‘aydi.

Navoiy viloyatida esa «COVID-19»dan tuzalganlarning soni 252 nafarga yetdi.

Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor «COVID-19»dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring