Yana 40 kishida koronavirus aniqlandi. SSV ular haqida ma’lumot berdi
2020-yil 31-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 (+40) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlandi.
Ayni paytda yurtimizda 2837 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter