Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy klinikalarga koronavirusni davolashga ruxsat berildi

Xususiy klinikalarga koronavirusni davolashga ruxsat berildi

Illyustrativ foto

Bugun, 16-iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash, koronavirusga test tekshiruvlarini tashkil etish borasida birinchi galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda barcha xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun testlar o‘tkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani ma’lum qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat klinikalarining qayd etilgan masalalarda faoliyatini tezkor tashkil etishda barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatish topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda zarur bo‘ladigan kislorod konsentratorlarini bojxona to‘lovlaridan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring