Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda kovid qurboni qayd etildi

Xorazmda kovid qurboni qayd etildi

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi 56 yoshli D.S. (erkak) bir hafta davomida tana harorati ko‘tarilib, holsiz bo‘lgan.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi bilan ham og‘rigan. Xastalik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring