Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda kutilmagan joylardan koronavirus chiqib kelyapti

Xitoyda kutilmagan joylardan koronavirus chiqib kelyapti

Foto: «Youtube.com»

Xitoy sharqidagi Anxoy provinsiyasida yana koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb yozadi «Reuters».

Virus Ekvadordan import qilingan mahsulotlar partiyasi bilan kelgan qisqichbaqalar qadog‘ida bo‘lgan. Uxu shahridagi restoranlardan biri xarid qilgan mahsulot haqida ketyapti. Infeksiya mahalliy hokimiyat inspeksiya o‘tkazayotgan vaqtda aniqlangan. Muassasaning ta’kidlashicha, qadoq shu paytgacha sovitkichda bo‘lgan. Qisqichbaqaning yonida saqlangan mahsulotlar esa tekshiruvga yuborilgan.

«Reuters»ning ma’lum qilishicha, bir kun oldin sharqiy Shandun provinsiyasida import qilingan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘ida ham koronavirus chiqqan. Mahsulot qayerdan olib kelingani ochiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring