Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy bozorlari koronavirus tarqalishining yangi o‘chog‘iga aylandimi?

Xitoy bozorlari koronavirus tarqalishining yangi o‘chog‘iga aylandimi?

Foto: «Finovosti.ru»

Pekindagi eng katta ulgurji bozorlaridan biri bo‘lgan «Sinfadi»ning 10 mingdan ortiq xodimi COVID-19 ga test topshirishiga to‘g‘ri keladi. Chunki import qilingan lososni bo‘lish taxtasida koronavirus chiqdi, deb yozadi «Sinszinbao» gazetasi.

Payshanba kuni Pekinda qariyb ikki oy ichida ilk bor COVID-19 holati qayd etilgandi. Oxirgi paytlarda poytaxtdan tashqariga chiqmagan, lekin «Sinfadi» bozoriga borgan 52 yoshli kishi koronavirusga chalindi. Juma kuni ma’murlar Xitoy go‘sht mahsulotlarini o‘rganish markazida ishlaydigan va Fentay hududida istiqomat qiladigan yana ikki nafar kishining virusni yuqtirganligini ma’lum qilishdi. Ulardan biri oxirgi ikki hafta ichida Sindao shahriga borgan, ikkinchisi esa Pekindan hech qayerga chiqmagan. Ularda koronavirus tasdiqlangandan so‘ng, rasmiylar epidemiologik tekshiruv o‘tkazishga qaror qilishdi, natijada ular bozorlarni ham o‘rganishdi.

Bozor dezinfeksiya o‘tkazish va tekshirish uchun shanba kuni soat 3:00 da vaqtincha yopildi. Juma kuni kechgacha bozordagi mol go‘shti, qo‘y go‘shti, cho‘chqa go‘shti, meva-sabzavotlarni tekshirishdi, biroq ulardan olingan test namunalarida virus chiqmadi. Bozor faoliyatini tiklash vaqti alohida e’lon qilinadi.

«Sinfadi» bozori Pekin do‘konlari va umumiy ovqatlanish muassasalarini 90% meva-sabzavot bilan ta’minlaydi. Yangi meva-sabzavotlar tanqisligi kelib chiqmasligi uchun Fentay ma’murlari vaqtincha bozor tashqarisida savdo qilish uchun maxsus hududlarni tashkil etdi. Ushbu savdo-sotiq joylarida faqat yaqindagina olib kelingan va bozorga tushirishga ulgurmagan mahsulotlar sotiladi. Bozordagi mahsulotlar esa vaqtincha tamg‘alab qo‘yildi.

Gazetaning yozishicha, soat 2:30 dan boshlab bozorga kirish to‘liq yopilgan, kirish eshigi oldida oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan ko‘plab yuk mashinalari to‘planib qoldi, ular bozor hududiga kira olishmagan.

Umuman olganda, epidemiologik tekshiruv o‘tkazish maqsadida Pekinning turli joylarida oltita ulgurji bozor vaqtincha yopildi: «Sinfadi» bozori, «Szinshen» dengiz mahsulotlari bozori, «Shunsin Shimen» bozori, «Sun’yuy Dunli», «Dunsisyuy» va «Vansin» qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring