Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada asosan afrikalik va osiyoliklar koronavirus qurboniga aylanyapti. Nega?

Fransiyada asosan afrikalik va osiyoliklar koronavirus qurboniga aylanyapti. Nega?

Foto: «Uk.reuters.com»

Fransiyada koronavirus epidemiyasi davrida o‘lim soni keskin ko‘paydi. Bu, ayniqsa, Afrika va Osiyodan kelib o‘rnashganlar orasida ko‘proq qayd etilmoqda, deyiladi Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’ruzasida (Insee).

«Covid-19 bilan bog‘liq tibbiy inqiroz davrida Fransiyada o‘lim soni nihoyatda ko‘paydi. 2020-yilning mart va aprel oylarida mamlakatda umumiy o‘lim soni 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda xorijliklar orasida 48%, Fransiyada tug‘ilganlar orasida 22% ga o‘sdi», — degan ma’lumot keltiriladi unda.

Ta’kidlanishicha, eng katta o‘sish afrikaliklar orasida kuzatildi — Mag‘rib mamlakatlarida 54%, Afrikaning boshqa davlatlarida 114%; Osiyoda — 91%.

«O‘lim darajasining oshishi qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, ayniqsa, keksalar orasida yuqori bo‘lgan. Biroq 65 yoshdan kichiklar o‘rtasida o‘lim darajasining oshishi asosan xorijdan kelib o‘rnashganlar orasida ko‘proq qayd etilgan», — deya ta’kidlangan «Insee»da.

Shu bilan birga, koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Fransiya poytaxti va Grand-Est hududlarida o‘lim darajasining yuqoriligi ham mahalliy, ham chet ellik fuqarolar orasida baland.

Ma’ruzaga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida o‘limning ko‘payishi, ayniqsa, aholisi zich hududlarda ko‘proq. «Afrika yoki Osiyodan kelganlar asosan shu hududlarga kelib joylashadi. Chunki ular Fransiyaning poytaxtga yaqin qismida istiqomat qilishadi», — deya ta’kidlaydi tadqiqotchilar. Shuningdek, o‘lim darajasining oshishida yashash sharoiti ham, jamoat transportidan foydalanish ham rol o‘ynaydi. Yana kasb-korning ahamiyati ham katta. Negaki, Mag‘rib va Afrikaning boshqa davlatlaridan kelganlar odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladigan kasb egalari hisoblanishadi: tibbiyot xodimlari, kurerlar, sotuvchilar, pochtachilar, farroshlar, jamoat transporti va favqulodda vaziyatlar xizmati ishchilari shular jumlasidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring