Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q — Habibullo Oqilov

Vazirlik o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q — Habibullo Oqilov

AOKA zalida bo‘lib o‘ttgan matbuot anjumanida Habibullo Oqilov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichining o‘sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q. Bizga bundan hech qanday naf yo‘q. Biroq vafot etayotganlar orasida koronavirus infeksiyasiga test topshirgan va tahlil javoblari orqali tasdiqlanmagan holatlar bo‘lishi mumkin. Qo‘limizda bemorda koronavirus tashxisi tasdiqlangan fakt bo‘lmasa, uni koronavirusdan vafot etdi, deya olmaymiz», — dedi u.

Shuningdek, Habibullo Oqilov O‘zbekistonda 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlayotganini, Zangiotadagi maxsus klinika esa ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘lganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Habibulla Oqilov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytib o‘tgandi, lekin Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasida bu ma’lumot berilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring