Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+48 000: AQShda yana bir qo‘rqinchli rekord qayd etildi

+48 000: AQShda yana bir qo‘rqinchli rekord qayd etildi

Foto: «Vm.ru»

O‘tgan bir kecha-kunduzda AQShda 48 000 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deya xabar berdi «Reyter» agentligi.

Dunyo bo‘yicha koronavirus tarqalishini o‘z manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda jami 2 682 270 ta COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 128 028 nafari vafot etdi. 729 994 kishi koronavirusdan tuzalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring