Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyida koronavirusga chalingan bitta odam 2,5-3 kishiga kasallikni yuqtirgan. Hozir-chi?

Mart oyida koronavirusga chalingan bitta odam 2,5-3 kishiga kasallikni yuqtirgan. Hozir-chi?

Foto: «Yandex.com»

Gonkong hukumatining koronavirus bo‘yicha yetakchi maslahatchisi, tibbiy ekspert ushbu infeksiyaning yuqumlilik darajasini ma’lum qildi. Bu haqda «South China Morning Post» nashri xabar bergan.

Gonkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning so‘zlariga ko‘ra, DNK mutatsiyasi tufayli yangi shtamm virusning yuqumlilik darajasini 30 foizga oshirdi. Uning aytishicha, koronavirusga chalingan bitta odam to‘rt kishiga infeksiya yuqtirishi mumkin.

«Bu virus tarqalishining boshlanishi», — deya ogohlantirgan mutaxassis.

Olimning fikricha, mahalliy tadqiqotlar bu tamoyilni tasdiqlagan. Mart oyida koronavirusga chalingan bitta odam 2,5-3 kishiga kasallikni yuqtirgan bo‘lsa, hozirga kelib 4 kishini zararlamoqda. Biroq virusning o‘limga olib kelish darajasi oshganligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring