Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yoshlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlab qo‘yildi

Turkiyada yoshlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlab qo‘yildi

Foto: «Yandex»

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida respublikada 20 yoshdan kichik bo‘lganlarning ko‘chaga chiqishini taqiqlab qo‘ydi.

Bundan tashqari, hukumat 30 ta yirik shaharga 15 kunga kirish va chiqishni yopdi, deya xabar berdi «Rambler».

Shuningdek, Erdo‘g‘on fuqarolarni jamoat joylarida niqob taqishga chaqirdi.

Martning oxirida Turkiya boshqa davlatlar bilan avia aloqani butunlay to‘xtatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada qariyb 21 ming kishi koronavirusga chalingan, 425 kishi vafot etgan, 484 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring