Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada niqob ishlab chiqarish bilan noqonuniy shug‘ullangan qariyb 500 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada niqob ishlab chiqarish bilan noqonuniy shug‘ullangan qariyb 500 kishi qo‘lga olindi

Foto: «Rusone.ru»

Turkiya politsiyasi mamlakatning 65 provinsiyasida niqob, dezinfeksiyalovchi vositalar va boshqa tibbiy mahsulotlarning noqonuniy ishlab chiqaruvchilariga qarshi 288 ta operatsiyani amalga oshirib, 468 kishini qo‘lga oldi, deya ma’lum qilgan Turkiya IIV.

«Xodimlarimiz kontrafakt va sog‘lik uchun zararli bo‘lgan dezinfeksiyalovchi vositalar, niqob va koronavirus epidemiyasida tayinlagan tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarishga urinayotgan shaxslarga qarshi operatsiyalarini davom ettirmoqda. 65 ta provinsiyada o‘tkazilgan 288 ta operatsiya chog‘ida 468 kishi qo‘lga olindi», — deb xabar berdi IIV.

Operatsiyalar natijasida 6 millionga yaqin niqob, dezinfeksiyalovchi vositalar solingan 18 mingdan ziyod idish va boshqa tibbiy mahsulotlar, jumladan, qo‘lqop va himoya kiyimlarining yirik partiyasi musodara qilingan. Bundan tashqari, pandemiya sharoitida tibbiy mahsulotlarni qimmat narxda sotayotgan kompaniyalarga qarshi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring