Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp koronavirus tufayli o‘lim darajasi qachon eng avjiga chiqishini ma’lum qildi

Tramp koronavirus tufayli o‘lim darajasi qachon eng avjiga chiqishini ma’lum qildi

Foto: «AP Photo»

AQSh hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun hech nima qilmaganda ikki milliondan ortiq amerikalik halok bo‘lardi, shu bois COVID-19 tufayli 100 — 200 ming kishining o‘limi — yaxshi natija, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani doirasida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Agar o‘lim sonini 100 — 200 ming kishiga qisqartirishga muvaffaq bo‘lsak, bu yaxshi ishlaganimizni anglatadi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, o‘lim soni 2,2 million kishiga yetishi mumkin edi», — deya eslatib o‘tdi Tramp.

Oq uy rahbarining ma’lum qilishicha, AQShda koronavirus tufayli o‘lim ko‘rsatkichi ikki hafta mobaynida o‘zining eng yuqori darajasiga yetishi kutilmoqda, mamlakatning pandemiyadan keyingi tiklanishi esa, uning fikricha, 1-iyundan boshlanadi.

Tramp, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi choralar ko‘rishni 30 aprelgacha uzaytirishga ko‘rsatma berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring