Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus toshkentlik 67 yashar ayolni hayotdan olib ketdi

Koronavirus toshkentlik 67 yashar ayolni hayotdan olib ketdi

Foto:«Karelia News»

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 61 nafarga yetdi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10 iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli M.T. (ayol)da «COVID-19» tasdiqlangan. Shu kuniyoq o‘tkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring