Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yangi kasallanganlarning 47 nafari aholi orasidan chiqdi

Toshkentda yangi kasallanganlarning 47 nafari aholi orasidan chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8996 (+92) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3122 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring