Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda koronavirus yuqtirgan 59 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirus yuqtirgan 59 yoshli erkak vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga «Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 28-o‘lim qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring