Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 6756 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

Toshkentda 6756 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Toshkent shahri bo‘yicha 2020-yil 5-aprel kuni bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, markazda doimiy tarzda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 100 dan ziyod volonterlari (ko‘ngilli yoshlar) ixtiyoriy asosda faoliyat olib bormoqdalar.

Aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ochilgan «Call-markaz»ning  1197 qisqa raqami soat 9:00 – 17:00 oralig‘ida muntazam ishlamoqda.

Bugungi kunga kelib aholi tomonidan «Call-markaz»ga jami 6081 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib (1 kunda – 787 ta, 2 kunda – 1 190 ta, 3 kunda – 2057 ta, 4 kunda – 2047 ta), ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborildi.

Toshkent shahar bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida aholi uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari 30 ta yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar orqali jami 6756 ta (1-kunda – 773 ta, 2-kunda – 1684 ta, 3-kunda – 2009 ta, 4-kunda – 2290) ta xonadonlarga yetkazib berildi.

5 aprel kuni Toshkent shahrida karantinga olingan 314 ta shifokorlar xonadonlariga 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring