Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Samarqandda yana odamlar orasidan kasallik aniqlandi

Toshkent va Samarqandda yana odamlar orasidan kasallik aniqlandi

Joriy yil 23-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda kelgan, yana 1 nafari Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 2 holatda poytaxtimizda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2525 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 551 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring