Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri, viloyati va Andijonda infeksiya yuqtirganlar aniqlandi

Toshkent shahri, viloyati va Andijonda infeksiya yuqtirganlar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 27-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 320 (+188) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Bugun ayni paytga qadar:

Toshkent shahrida 219 nafar,
Toshkent viloyatida 92 nafar,
Andijon viloyatida 14 nafar,
Samarqand viloyatida 13 nafar,
Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 51 829 (+371) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 3033 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring