Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi

To‘rtta hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 9-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 259 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida), 3 nafari Farg‘ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 9 nafari Namangan viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 16 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7 060 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 152 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring