Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokioda Olimpiada qishlog‘i shifoxona sifatida foydalanilishi mumkin

Tokioda Olimpiada qishlog‘i shifoxona sifatida foydalanilishi mumkin

Foto: «News.abs-cbn.com»

Sportchilar uchun Tokioda qurilayotgan Olimpiada qishlog‘i vaqtincha koronavirusga chalingan bemorlarga shifoxona tarzida berilishi mumkin, deydi o‘z xabarida «Assoshieyted Press».

24 ta binodan iborat qishloq 11 ming olimpiadachi-sportchi va 4,4 ming paralimpiadachi va boshqa xodimlarga mo‘ljallangan. Olimpiada qishlog‘i yaqin 16 oy mobaynida bo‘sh yotadi. Negaki Tokio-2020 o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirildi.

Tokio gubernatori Yuriko Koike bu qishloq koronavirusga chalingan bemorlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan variantlardan biri ekanini aytdi. Shuningdek, hukumat ushbu maqsadda mehmonxonalarni ham sotib olishi mumkin.

Yaponiyada hozirgacha 3508 ta yuqtirish holati aniqlangan. Jumladan, 712 nafar odam virusni fevral oyi Yaponiya sohillarida karantinda ushlangan «Diamond Princess» kruiz kemasida yuqtirib olishgan. 84 kishi vafot etdi, 72 nafari og‘ir holatda, 1124 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqan. Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, yangi koronavirus infeksiyasini jami 229,5 ming kishi yuqtirib olish ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring