Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqarida niqob taqib yugurgan xitoylik shifoxonaga tushib qoldi

Tashqarida niqob taqib yugurgan xitoylik shifoxonaga tushib qoldi

Foto: «Vsudu-sport.ru»

Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng uxanlik 26 yoshli chopag‘on zudlik bilan jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi. Tibbiyot xodimlarining fikricha, yugurish vaqtida niqob taqishi bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda «Fox News» xabar berdi.

Uxan markaziy shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra, yigit shifoxonaga ko‘krakdagi og‘riq va havo yetishmasligidan shikoyat qilib kelgan. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng uning chap o‘pkasi 90 foizga qisilgani, yuragi esa tanasining o‘ng tomoniga surilgani aniqlandi.

Pnevmotoraks havo o‘pkadan tashqariga chiqqanda kelib chiqadi. Chopag‘on operatsiya qilindi va hozir uning ahvoli barqaror. Shifokorlarning fikricha, yigit koronavirusdan saqlanish uchun yugurgan vaqtda tibbiy niqob taqishi hayot uchun xavfli holatni keltirib chiqargan.

Shifoxona bayonotiga ko‘ra, yigit ikki hafta oldin yugurishni boshlagan va har kuni masofani oshirib borgan. Taxminan 4 kilometr yugurgandan so‘ng Uxan fuqarosi o‘zini yomon his qilib, uyiga borgan. Ahvoli yomonlashganini ko‘rgan oila uni shifoxonaga olib borishgan.

Uxan shifoxonasida torakal jarrohlik bo‘limi direktori Chen Baotszyunning so‘zlariga ko‘ra, yigitning baland bo‘yi va nozik jussasi pnevmotoraksga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring