Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva og‘ir-vazmin bo‘lishga chaqirdi

Tanzila Norboyeva og‘ir-vazmin bo‘lishga chaqirdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi va azaliy qadriyatlarimizga hos tarzda og‘ir-vazmin bo‘lishga chaqirdi.

«Bugun qadriyatlarimizga xos bo‘lgan birdamlik har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhim

Mamlakatimizda Covid_19 tarqalishining oldini olish maqsadida Prezidentimiz muhim Farmon va qarorlarni imzoladilar. Maxsus komissiya tomonidan ham kechiktirib bo‘lmas ishlar amalga oshirilmoqda.

Karantinda bo‘lgan hamyurtlarimiz koronavirusdan sog‘aygani haqidagi xushxabarlar har birimizning qalbimizga quvonch ulashmoqda. Albatta, bunda fidoiy shifokorlarimizning o‘rni beqiyos. Ularga har qancha ta’zim aylasak arziydi! Bundan tashqari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralar mutaxassislarining mehnatini ham e’tirof etish zarur.

Aziz vatandoshlar! Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘pgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va oliyjanob xalqimiz azaldan og‘ir-vazmin bo‘lib, sinovli kunlarda birlashib kelgan. Bugun ana shunday qadriyatlarimizga xos bo‘lgan birdamlik har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhim.

Uyda qolib, sanitariya-gigiyena qoidalarini unutmaylik! Qachonki jipslashib, mutaxassislarning tavsiyalariga, qolaversa, karantin davrida tartib-intizomga qat’iy rioya qilsak, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq yengamiz.

Unutmang, mas’uliyatli bo‘la olish bilan nafaqat o‘zimiz va yaqinlarimizni, balki butun insoniyatni asrab qolamiz!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring