Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlar ta’tilda tushgan eski fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagani uchun jarimaga tortildi

Sayyohlar ta’tilda tushgan eski fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagani uchun jarimaga tortildi

Foto: «thesun.co.uk»

Avstraliyalik er-xotin koronavirus tufayli karantin vaqtida ta’tilda tushgan eski fotosuratlarini e’lon qilgani uchun jarimaga tortildi, deb xabar berdi «The Sun».

Internet-gazetaning yozishicha, Garri va Jaz Mottlar «Facebook»dagi o‘z sahifalariga o‘tgan yili uylaridan ikki soatlik masofada joylashgan Leyks-Entrans kurort shahriga sayohati chog‘ida tushgan fotosuratlarini joylashgan.

Bir necha kundan so‘ng ularning uyiga politsiya xodimlari kelib, karantin qoidalarini buzgani uchun jarima yozib berishgan. Jaz va Garri 3,3 ming Avstraliya dollari to‘lashga to‘g‘ri kelgan.

Politsiya rahbariyati vaziyatga oydinlik kiritgach jarimani bekor qilishga qaror qildi. Lekin oiladan «favqulodda holat tugamagunga qadar fotosuratlarini chop etmaslikni» so‘ragan. Mott bilan gaplashgan zobitning aytishicha, shaxsan o‘zi ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatmagan — lekin shu kabi rasmlarni tarqatayotgan fuqarolardan shikoyat kelib tushgan.

Er-xotin istiqomat qiladigan Viktoriya shtatida mamlakatdagi eng keskin karantin qoidalari joriy etilgan. Mahalliy aholi oziq-ovqat xarid qilish hamda sport bilan shug‘ullanish uchungina uylarini tark etishlari mumkin.

Umuman olganda, Avstraliyada karantin qoidalarini buzganlik uchun 50 ming dollar jarima solishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring