Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’atkorlar buni sir tutishgandi. Lekin...

San’atkorlar buni sir tutishgandi. Lekin...

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda san’at ahlining jimib qolgani, xayriya ishlarida ham faol emasligi haqida turli fikrlar bildirilmoqda.

Aslida millat boshiga og‘ir kunlar kelganida san’atkorlar ham chetda turmay, birinchilardan bo‘lib, karantin davrida uyda o‘tirgan odamlar uchun tayyorlanayotgan turli ko‘ngilochar ko‘rsatuvlaru koronavirusdan himoyalanishda nimalarga amal qilish kerakligi haqidagi turli chellenjlarda faol ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari, ular ham ko‘pchilik qatori xalqimizning og‘ir kunlarida yurtimizda yangi tashkil etilgan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga va kam ta’minlangan oilalar, aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun ham xayriya ishlarini amalga oshirib kelishmoqda.

Faqat bunday ishlar xayriya bo‘lganligi bois, ko‘pgina san’atkorlar tomonidan oshkor qilinmasdan kelinmoqda. «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungacha bizga ma’lum bo‘lganlaridan, karantin davrining ilk kunlaridan to hozirgacha O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullayev, Mavluda Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiyev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa’dulla Abdullayev hamda boshqalar tomonidan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 200 million 500 ming so‘m hamda kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so‘m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so‘m xayriya mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Bundan buyon ham bu boradagi ishlar faol davom etadi. San’atkorlar har qanday kunda xalqimiz va muxlislar bilan birga.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari ham ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring