Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 400 mingdan oshdi. Moskvaning har 66-fuqarosi koronavirusga chalingan.

Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 400 mingdan oshdi. Moskvaning har 66-fuqarosi koronavirusga chalingan.

Foto: «Reuters»

«Interfaks» xabar berishicha, Rossiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 405 843 nafarga yetdi.

O‘tgan sutka davomida 9 268 nafar yangi bemor ro‘yxatga olingan.

Ayni paytda Rossiya jahondagi uchinchi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi, birinchi o‘rinda — AQSh (1,77 mln.), ikkinchi — Braziliya (498 ming).

O‘z navbatida, Rossiyadagi koronavirus o‘chog‘i — Moskva, yangi aniqlangan kasallarning 2595 nafari shu shaharga to‘g‘ri keladi. Rossiya poytaxtida koronavirus 180 791 kishida aniqlangan. Bu «dahshatli» ko‘rsatkich — 11,92 millionli Moskvaning har 66-fuqarosi koronavirusga chalingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring