Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirgan 182 nafar bemor aniqlandi

Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirgan 182 nafar bemor aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

«RIA Novosti» bugun, 26-mart kuni bergan xabarga ko‘ra, Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 182 ta yangi holat qayd etildi.

Shulardan 136 tasi Moskvada, yettitasi Sverdlovsk viloyatida, beshtadan holat Sankt-Peterburg va Perm o‘lkasida, to‘rtta holat Yoqutistonda, uchtadan holat Stavropol va Krasnoyarsk o‘lkalarida, Tataristonda va Chelyabinsk viloyatida, ikkitadan holat Pskov va Samara viloyatlarida, Xanti-Mansiysk AO va Buryatiyada, bittadan holat Kemerovo, Tomsk va Novosibirsk viloyatlarida hamda Xabarovsk o‘lkasida qayd etilgan.

Barcha aniqlangan bemorlar oxirgi ikki haftada epidemiya tarqagan mamlakatlarda bo‘lgani aytilmoqda.

Ayni kunga kelib, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 840 nafarga yetgan, tuzalib ketganlar — 38 nafar, ikki kishi vafot etgan. 139 ming kishi vrachlar nazorati ostida qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring