Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston prezidenti qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Inbusiness.kz»

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda farmatsevtika zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya seshanba kuni uning matbuot kotibi Berik Uali xabar berdi.

«Bugun davlatimiz rahbari Qarag‘anda farmatsevtika zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasini qabul qildi. Vaksinatsiyadan keyin uning ahvoli yaxshi. Hech qanday noxush ta’siri kuzatilmadi», — deb yozdi Uali «Facebook»dagi sahifasida.

Ualining so‘zlariga ko‘ra, prezident faqat Qozog‘iston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitetni hosil qilish orqaligina koronavirusni yengishga, barcha cheklovlarni olib tashlashga hamda fuqarolarning kundalik hayoti va iqtisodiy faoliyatini tiklashga yordam berishiga ishonadi.

«Davlat rahbari yana barcha fuqarolarni vaksinani iloji boricha tezroq olishga chaqiradi. Bu o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilishning yagona yo‘li. Avvalroq prezident hukumat va mahalliy ijro etuvchi organlarga xorijdan vaksinalar yetkazib berishni ta’minlash va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, emlash jarayonini tashkil etish to‘g‘risida topshiriq bergan edi», — deya ta’kidlaydi Uali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring