Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashmoqda

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashmoqda

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bir yo‘la 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1019 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1063 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 9 nafar, jami 11 bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda shifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Bugun hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring