Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoldirilgan Tokio Olimpiadasi qaysi sanada start oladi?

Qoldirilgan Tokio Olimpiadasi qaysi sanada start oladi?

Xabaringiz bor, joriy yilning yoz faslida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio Olimpiadasi butun dunyoga katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga ko‘chirilgan edi.

New York Times nashrining xabar berishicha, tashkilotchilar yozgi Olimpiya o‘yinlarining start olishi sanasiga aniqlik kiritmoqda va tez kunlarda u ommaga e’lon qilinadi.

Hozirda rasmiylar nufuzli musobaqaning ochilish marosimini 2021 yilning 21 iyulida o‘tkazish bo‘yicha yangi variantni o‘rganmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tokio shahri mezbonlik qiluvchi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘yicha aniq sanalarini tez orada e’lon qilmoqchi. Bu borada XOQ kecha, 29-mart kuni tashkilotchilar ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda tomonlar Olimpiya o‘yinlarining qaysi sanada o‘tkazilishini muhokama qilishgan.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, XOQ 24 mart kuni o‘yinlar 2021 yilga ko‘chirilganini e’lon qildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring