Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston parlamenti sobiq spikeri koronavirusdan vafot etdi

Qirg‘iziston parlamenti sobiq spikeri koronavirusdan vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Bugun Qirg‘izistondagi Respublika klinik infeksion shifoxonasida jamoat arbobi Mukar Cholponbayev 70 yoshida vafot etdi. Shifoxonaga 5- may kuni keltirilgan Cholponbayevga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, 12 may kuni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan edi.

Cholponbayev avvaldan yurak-qon tomir, buyrak xastaliklaridan ham aziyat chekib kelgan.

Mukar Cholponbayev Qirg‘iziston Adliya vaziri, parlament deputati bo‘lgan. 1995-1996 yillarda parlament spikeri lavozimida faoliyat yuritgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus qayd etilishlari soni 1 403 taga yetdi, sog‘ayganlar — 980 nafar, vafot etganlar — 14 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring