Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida

Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida

Foto: «Kobrincity.by»

Ukrainaning Ternopol viloyatida istiqomat qiluvchi odam uchinchi marta COVID-19 bilan kasallanib qoldi, deya xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Bogaychuk.

«Oramizda uchinchi marta kasallikka chalingan bemor bor. Shuni tushunishimiz kerakki, hatto, koronavirus infeksiyasidan davolanib chiqqan bo‘lsak ham, bu bizning qayta kasallanib qolmasligimizga kafolat bermaydi», — deya rasmiyning so‘zlarini keltirgan mahalliy «Ternopolyane» nashri.

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatda 67 597 ta COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, 1650 nafari vafot etgan, 37 394 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring