Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodan talabalarni olib ketish uchun 100 ta mashina, 20 avtobus va 4 mikroavtobus keldi. Soat 10:00da yo‘lga chiqiladi

Qashqadaryodan talabalarni olib ketish uchun 100 ta mashina, 20 avtobus va 4 mikroavtobus keldi. Soat 10:00da yo‘lga chiqiladi

Toshkent va Toshkent viloyatida o‘qiyotgan qashqadaryolik talabalar uyiga bepul olib ketilishi haqida xabar berilgan edi. Shu maqsadda Qashqadaryodan avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar karvoni Toshkentga yetib keldi.

Xabar qilinishicha, viloyat hokimligida maxsus shtab o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu shtab Qashqadaryo viloyatida Koronovirusga qarshi tezkor chora ko‘rish, Toshkent va Toshkent viloyatida o‘qiyotgan qashqadaryolik talabalarni uyiga bepul olib kelish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi, yoshlar ittifoqi, transport boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kecha tunda qashqadaryolik yoshlarni vohaga qaytarish maqsadida 100 ga yaqin yengil mashina, 20 ga yaqin avtobus, 4 ta mikroavtobus poytaxt tomon yo‘lga otlandi.

Talabalardan 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelish so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998996651226

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli talabalarga ta’til e’lon qilingani tufayli taksi haydovchilari narxlarni keskin ko‘tarib yuborgan edi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat hokimligi, yoshlar ittifoqi, transport boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar viloyat talabalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring