Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirus topildi

Toshkent va Namanganda aholi orasida koronavirus topildi

2020-yil 12-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12706 (+193) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 67 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 17 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 17 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4925 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring