Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «qizil» va «sariq» hududlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligini aytdi

Prezident «qizil» va «sariq» hududlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari tadbir avvalida mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik topilgan. Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda.

«Qizil» va «sariq» hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligi yana bir bor aytib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring