Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oziq-ovqat tanqisligi bo‘lmaydi — Hokimlik

Oziq-ovqat tanqisligi bo‘lmaydi — Hokimlik

Ma’lumki, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanishiga ruxsat berildi. Ammo bu shahrimizga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas.

Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.

Shu sababli Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat qildi.

«Zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz.

Faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang», — deyiladi murojaatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring