Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha 10-avgustdagi vaziyat

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha 10-avgustdagi vaziyat

Foto: «Yandex»

Shu yilning 10-avgust kuni mamlakatimizda 695 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 143 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 552 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida esa 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Jizzax, Buxoro, Namangan, Xorazm hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 950 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 304 nafar bemordan 22 992 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 73 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 112 nafar bemordan 1 361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring