Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «britancha» shtamm tarqaldi – mutaxassis

O‘zbekistonda «britancha» shtamm tarqaldi – mutaxassis

AOKAda Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda aholi orasida koronavirus bilan kasallanish birdaniga ortganining sababiga izoh berilgandi.

Mutaxassis yangi kasallanayotgan bemorlarda koronavirusning aynan qaysi shtammi kuzatilayotganiga ham aniqlik kiritdi.

«Hozir bir kunda respublika bo‘yicha 15-18 mingta laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilayapti. Bu har 100 ming aholi soniga 45-47 ta degani. Albatta tekshirishlar sonining ortib borishi barobarida kasallikka chalinganlarni aniqlash darajasining ortib borishi kuzatilishi mumkin.

Bizning asosiy maqasadimiz tekshirishlar sonini ikki-uch barobar oshirib, kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, tegishli davolash tadbirlarini tashkil etish, muloqotda bo‘lganlarni tekshirib ko‘rish orqali kasallik o‘chog‘ining hajmini aniqlash va tegishli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali kasallik manbaini jilovlash xisoblanadi. Bugungi kunda aniqlanayotgan bemorlarning aksariyati COVID-19 virusidan kasallangani ayon bo‘lmoqda», – dedi Nurmat Otabekov.

«O‘tgan davr mobaynidagi statistik ma’lumotlarga qarasak, umumiy kasallanganlarning 2-5, ba’zan 5-7% bolalarga to‘g‘ri kelgan. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 25% gachani tashkil etmoqda.

Albatta ushbu raqamlarga asoslanib, respublikamizda kasallanganlar, ayniqsa ular orasida bolalarning ko‘pligini inobatga olib, yangi holatlar «Britancha» shtamm bilan bog‘liq deyishimiz mumkin», – qayd etdi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring