Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston olimlari koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topishdi

O‘zbekiston olimlari koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topishdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari COVID-19 RNKsini ajratishga mo‘ljallangan diagnostik to‘plam ishlab chiqishdi. Bu haqda O‘zFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu to‘plam o‘ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi, qulayligi va arzonligi kabi ustunliklarga ega. U akademiyaning O‘simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

«SARS-CoV-2 virusi RNKsini ajratishga mo‘ljallab ishlab chiqilgan ushbu to‘plam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, o‘ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30% ga arzonroq) kabi ustunliklarga ega», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uning klinik sinovlari Sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida o‘tkazilgan va ijobiy natijalarni ko‘rsatgan.

U «ENKOR» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, ushbu to‘plam yordamida gepatit V, gepatit S, odam immun tanqisligi virusi (VICh) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring